Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2021-yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni 15 foizgacha qisqartiriladi

2021-yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni 15 foizgacha qisqartiriladi

2021-yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan ayrim moliyaviy ma’lumotlarni OAV va internetda e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

2021-yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtiriladi.

2021-yil 1-iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus «E-qaror» elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2021-yil 1-maydan quyidagilarga oid moliyaviy ma’lumotlarni OAV va Internetda e’lon qilish amaliyotini joriy etiladi:

  • davlat organlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromadi va xarajatlari;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar xaridlari;
  • davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring