Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT Park dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli startap-loyiha moliyalashtirildi

IT Park dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli startap-loyiha moliyalashtirildi

IT Park rezidentlari 1598 taga yetgan, ularning 1114 tasi Toshkent shahrida, 484 tasi esa O‘zbekistonning boshqa hududlariida ro‘yxatga olingan, deydi IT Park direktori o‘rinbosari Mahliyo Muhsinova.

332 ta rezident ta’lim kompaniyalari hisoblanib, xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni esa 411 tani tashkil etadi.

Shuningdek, ushbu rezidentlar tomonidan ko‘rsatilgan eksport hajmi joriy yilning 11 oyida 280,0 million AQSh dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar oshdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 115,2 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Shuningdek, taqdim etilgan imtiyozlar tufayli IT Park rezidentlarida ish bilan ta’minlangan mutaxassislarning umumiy soni 23 mingdan ortiq kishini tashkil etmoqda.

Innovatsiyalar va startaplar uchun qulay muhit yaratish O‘zbekistonni IT-habga aylantirish strategiyasining yana bir muhim jihati hisoblanadi.

Raqamlarga yuzlanadigan bo‘lsak, bugungi kunga qadar IT Park ning startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli startap-loyiha jami 82,8 mlrd.so‘mdan ortiq miqdorda moliyalashtirildi.

III chorak yakunlariga ko‘ra, IT Park rezidentlari hisoblangan startap kompaniyalarning eksporti hajmi qariyb 36,6 mln AQSh dollarini tashkil etib, 2 barobardan ortiq o‘sishni qayd etdi. Taqqoslash uchun: 2022-yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 16,2 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

Shuningdek, startaplarga yo‘naltirilgan mahalliy investitsiyalarning umumiy hajmi 41,2 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, xorijiy moliyalashtirish hajmi 4,2 mln AQSh dollarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring