Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinf o‘quvchilari uchun qanday yangi darslar joriy qilindi?

1-sinf o‘quvchilari uchun qanday yangi darslar joriy qilindi?

Mamlakatimizda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Ma’lum qilinishicha, bu yil maktab darsliklariga budjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismi ham to‘liq hajmda chop etiladi.

Yana bir muhim jihat – tasdiqlangan o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Bu degani – endilikda, barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring