Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firuz Allayev

Pessimist shamoldan noliydi, optimist uning to‘xtashidan umid qiladi, realist esa shamolga qaramasdan qanot yozib uchadi.

YeOII qanday tashkilot? Rossiya eng yaqin ittifoqdoshiga gazni ikki barobar qimmat sotmoqda

YeOII qanday tashkilot? Rossiya eng yaqin ittifoqdoshiga gazni ikki barobar qimmat sotmoqda

Foto: Myfin.by

YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi bu iqtisodiy tashkilot ekanligini Rossiya qayta-qayta takrorlaydi. Ittifoq a’zolari savdoda eng yaqin hamkorlar bo‘lishi, bir-birini iqtisodiy tomondan qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hujjatda shunaqa, ittifoq qoidalari shunaqa.

Lekin, bu narsa amalga doim ham ko‘chavermaydi. Masalan, Gazprom (Kreml) Belorussiyaga gaz narxini pasaytirishni rad etdi. O‘tgan yilning oxirida, hali gaz narxi pasaymagan davrda 1000 kub gazga 127 dollarda o‘zaro shartnoma qilingan. Koronavirus tarqalgandan so‘ng gaz va neft narxi keskin tushib ketdi. Rossiya bo‘lsa, bir yilga shartnoma qilinganini ro‘kach qilib, gazning narxini tushirishni rad etmoqda.

Gazni ishlab chiqarish narxi 15-17 dollar atrofida. Rossiya bugun Yevropa Ittifoqiga gazni 60-70 dollardan sotmoqda. Polsha talab qilgandan so‘ng, shartnoma o‘zgartirilib Polsha uchun narxlar pasaytirildi.

Do‘st kulfatda bilinadi deganidek, Rossiya kuchli iqtisodiy inqiroz davrida o‘zining eng yaqin ittifoqdoshiga gazni begonadan ikki barobar qimmat sotmoqda.

Shuni o‘zi ham YoOII qanaqa tashkilot ekanlini va nima uchun tug‘ilganini kursatadi, menimcha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring