Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

Sergeli muammosi: tanganing uchinchi tomoni

Sergeli muammosi: tanganing uchinchi tomoni

Foto:«Xabar.uz»

Sergelidan uy olganlarni tushunaman... Kechagi gap bugunga to‘g‘ri kelmay qolyapti, bank+quruvchi qonun jihatdan himoyalanib olishgan, ularga chora ko‘rish qiyin.

Arzon uy-joylar deya atalguvchi boshpanaga ega bo‘lganlar oldin oyiga taxminan (!) 800 ming – 1 mln to‘lash orqali 15 yilda bu uylarning qarzidan qutilib ketishni mo‘ljallagan bo‘lsalar, endi narx oshishi tufayli oyiga 1,1-1.2 mlngacha to‘lashlarini aytib norozi bo‘lmoqdalar. Haqlar albatta...

Lekin men yana bir toifani yodga olgim keldi. Ming orzu-umidlar bilan poytaxtga kelgan yurtdoshlarimiz – viloyatliklar, propiskasizlar...

Aminmanki ular sergeliliklarga havas bilan qarab turibdilar hozir.

Oddiy raqamlarda tushuntiraman: poytaxtda 150 dollarga ijara uy topish muammo bo‘lib qolgan, bu esa salkam 1,3 mln so‘m degani. Uy xarid qilish, qisman to‘lab qutilib ketish uchun emas! Aynan ijaraning o‘zi, faqat o‘zi. Huquqlar shoxdagi qush kabi, har daqiqada pir etib uchib ketasan, yana 150 dollarga uy izlab, kimlargadir sarg‘ayasan. 50 yil yashasang ham, 100 yil haqini to‘lasang ham ijara uyning bir cheti seniki bo‘lmaydi... Sergelidagi uyning oylik bir millioni 5 yildan keyin inflyasiya baxtidan arzimas summaga aylanadi, lekin 150 jonivor kun sayin quvvat olib, daromadning asosiy qismini o‘pirib ketaveradi.

Ikkinchi marta qaytaraman: Sergelidan uy olganlarni tushunaman, yaxshi tushunaman. Ammo ayni shu daqiqada jimgina kuzatib turishdan o‘zga chorasi bo‘lmagan yana bir yurtdoshim haqida yozgim kelib qoldi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring