Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelidagi metro bekatida yong‘in yuz berdi

Sergelidagi metro bekatida yong‘in yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Metropolitenning O‘zgarish bekatida yong‘in chiqdi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent metropoliteni mazkur hodisani tasdiqladi. 

Joriy yilning 27-avgust sanasi soat 19:28 lar atrofida O‘zgarish bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv holati sodir bo‘lgan va buning natijasida yong‘in chiqqan. Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten hodimlari tomonidan zudlik bilan o‘chirilgan.

Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan. Yong‘in natijasida hech kimga talofot yetkazilmagan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring