Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» transport yo‘lagi orqali ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» transport yo‘lagi orqali ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» multimodal transport yo‘lagi orqali Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi yo‘lga chiqdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sian shahrida bo‘lib o‘tgan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida «Zhejiang Union of Railway Logistics» kompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Qirg‘iz temir yo‘li» milliy kompaniyasi davlat korxonasi hamkorligida Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgan.

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9 iyun kuni start berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring