Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi yo‘lovchi avtobuslar bilan bog‘liq noxush holatlar ortidan 5 kishi ishdan olindi

Toshkentdagi yo‘lovchi avtobuslar bilan bog‘liq noxush holatlar ortidan 5 kishi ishdan olindi

Bugun, 26-fevral kuni «Toshshahartransxizmat» korxonasi raisi o‘rinbosari – Bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshlig‘i B.Mamenov, DXX xodimlari ishtirokida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda poytaxt yo‘lovchi avtobuslari bilan sodir bo‘layotgan texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari muhokama qilingan.

«Yig‘ilishda avtobuslarning texnik holatiga mas’ul bo‘lgan, ularning yo‘nalishga chiqish oldi texnik ko‘rigini talab darajasida bajarmay, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga keskin chora ko‘rilib, 5 nafar mas’ul xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan favqulodda holatlarni oldini olish choralarini ko‘rish, avtobuslarning texnik holatini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha 8 ta avtobus saroylari mas’ul xodimlariga topshiriqlar berilib, xodimlarning mas’uliyati yanada kuchaytirildi. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin «Toshshahartransxizmat» korxonasiga qarashli 7-avtobus saroyi avtobusida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring