Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Toshkentda Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi.

Voqea joriy yilning 19-iyul kuni  soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan.

2004-yilda tug‘ilgan (erkak) D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring