Toshkent viloyatida qariyb 700 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Mazkur holat «Hududgaz Toshkent» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, «Yuqorichirchiqtumangaz» GTB, O‘zenergoinspeksiya va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda fosh qilingan.
Qayd etilishicha, tumanning «Farovon» MFYda joylashgan xonadonda 70 sotixlik hududda 2 ta issiqxona (50 sotix limon, 20 sotix qulupnay)dagi gaz jihozlari o‘rganilganda 2 dona gazda ishlovchi isitish apparati (OAGV), 2 dona (2 va 4 yondirgichli) gaz plitasi hech qanday loyiha hujjatlarisiz foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Xonadondagi elektron gaz hisoblash uskunasi tekshirilganda mazkur hisoblagich ro‘yxatdan o‘tkazilmagani va ta’minot korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzilmagani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 649 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter