Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosining 5 ta bekatida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent metrosining 5 ta bekatida rekonstruksiya ishlari boshlandi

«Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan bugungi kungacha ikkinchi vestibyullari yopiq bo‘lgan 5 ta metro bekatining (Milliy bog‘, Mashinasozlar, O‘zbekiston, G‘afur G‘ulom va Yunus Rajabiy) xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, o‘rnatilgan tartibda Hukumat ruxsati bilan qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlandi.

Qayd etilishicha, ushbu ta’mirlash ishlari yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan qilinmoqda.

«Ushbu qurilish ishlarining tugash muddati xususida esa, qurilish jarayonlarining texnik holatiga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», – deyiladi «Toshkent metropoliteni» DUK xabarida.

Korxona bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 2021-yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatgich 920-930 mingni tashkil etgan. Shuningdek, 2024-yil yakuniga qadar metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring