Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yaqinlashmoqda

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yaqinlashmoqda

Foto: Xabar.uz

Yozgi mavsumda metropoliten bir kunda 550-600 ming yo‘lovchini tashigan bo‘lsa, o‘quv jarayonlari boshlangach, bu ko‘rsatkich 920-930 ming nafargacha yetishi, oktyabr va noyabr oylarida esa 1 millionni tashkil etishi kutilmoqda.

Shu sababli, yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish va ehtimoliy tirbandliklarning oldini olish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil davomida metropoliten uchun 14 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilindi. Natijada tig‘iz vaqtlarda yo‘nalishlar bo‘yicha intervallar quyidagicha qisqartirildi:

  • Chilonzor yo‘nalishi: 1,5–2 daqiqa;
  • O‘zbekiston yo‘nalishi: 4 daqiqa;
  • Yunusobod yo‘nalishi: 4–5 daqiqa;
  • Yer usti xalqa yo‘li yo‘nalishi: 8–9 daqiqa.

Bundan tashqari, zahira poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Metro bekatlaridagi yuklamalarni kamaytirish maqsadida, metro yaqinidagi 27 ta oliy ta’lim muassasalarida darslar boshlanish vaqti turlicha belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring