Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarbiya usullarini yaratish va amaliyotga joriy qilish ustida ishlovchi institut tashkil etiladi

Tarbiya usullarini yaratish va amaliyotga joriy qilish ustida ishlovchi institut tashkil etiladi

Joriy yil 21-iyun kuni imzolangan Prezidentning PQ-232-son qaroriga muvofiq Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etiladi.

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Institut huzurida «Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi», «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» hamda «Ijtimoiy pedagogika» ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.

Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yilidan:

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati» mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi;
  • ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan «Namunali ota-onalar maktabi» loyihasi amalga oshiriladi.

2024-yil 1-dekabrgacha:

  • o‘quvchilarda «huquqbuzarlikka qarshi immunitet»ni shakllantirishda «maktab – ota-ona – mahalla» hamkorligi zanjirini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
  • ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

2024 yil dekabr oyida «Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni» mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

2025-yil yakunigacha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida «milliytarbiya.uz» elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring