Talabalar uchun kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi:
- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Ma’lumot uchun, bu 2024/2025 o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter