Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

«Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Vazirlar Mahkamasining 13-sentyabrdagi 467-son Qarori bilan «Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Ko‘krak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 15-sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikas Fanlar  akademiyasiga taqdim etiladi Bunda nomzodlarni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
  • seysmologiya, inshootlarning seymik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shganligi;
  • seysmik xavfsizlik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishda ishtirok etganligi;
  • kuchli zilzilalar oqibatini bartaraf etishda ishtirok etganligi;
  • bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini tadqiq qilish, ularning seysmik zaifligini baholash hamda tegishli xulosalar berishda ishtirok etganligi;
  • seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etganligi;
  • suv omborlari to‘g‘onalari, ekspluatatsiya qilinayotgan neft va gaz konlari hududlarida seysmiklikning namoyon bo‘lishini muntazam baholab borish va boshqalar.

Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13-oktyabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring