Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh ko‘magida Jizzaxda zilzilalarni o‘rganuvchi seysmik stansiya qurildi

AQSh ko‘magida Jizzaxda zilzilalarni o‘rganuvchi seysmik stansiya qurildi

Joriy yil 3-may kuni San-Diyego (AQSh)dagi Kaliforniya universiteti (UCSD) va O‘zbekiston FVV huzuridagi Respublika Seysmologik bashorat va monitoring markazi hamkorligida Jizzax shahriga yaqin hududda joylashgan Qorasoyda yangi zamonaviy seysmik stansiya o‘rnatildi.

AQSh elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, deyarli 2,5 yillik tayyorgarlikdan so‘ng ishga tushirilgan yangi seysmik stansiyada to‘plangan ma’lumotlar endi butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar, jumladan, olimlar, muhandislar, talabalar va keng jamoatchilik uchun maxsus veb-sayt orqali mavjud bo‘ladi. 

Dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq stansiyadan iborat AQSh Global seysmik tarmog‘ining bir qismi sifatida ushbu stansiyani AQSh hukumati moliyalashtiradi. U AQSh Milliy Ilm-fan Jamg‘armasi ko‘magida UCSD Xalqaro Akselerometrni joylashtirish dasturi doirasida texnik xizmat ko‘rsatish va o‘qitish bilan ta’minlanadi.

Qayd etilishicha, stansiya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda jahon seysmik faolligini yaxshiroq tushunish uchun yaratilgan. Stansiyadan olingan ma’lumotlar zilzilalar joyini aniqlash va ular keltirib chiqaradigan xavflarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa jamoat xavfsizligi va fundamental fan uchun muhimdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring