Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi

Joriy yil 23-mart kuni BMTning Suv masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSh prezidenti administratsiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan muhim islohotlar haqida to‘xtalingan.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, suhbatning asosiy mavzularidan biri - xotin-qizlarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilish va O‘zbekistonda unga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo‘lgan.

«Muloqotimiz ochiq va samimiy bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar faqat qog‘ozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi. Shuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, deb o‘ylayman», – deydi Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring