Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya tomoni 45 nafar o‘zbekistonlikni deport qilmoqchi

Rossiya tomoni 45 nafar o‘zbekistonlikni deport qilmoqchi

Politsiya Moskva viloyatida reyd o‘tkazib, Pushkino shahar tumanidagi «Ozon» omborida ishlayotgan 120 nafar noqonuniy muhojirni aniqladi. Holat bo‘yicha noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, reyd joriy yil 11-iyul kuni bo‘lib o‘tgan.

Manbaning aniqlik kiritishicha, noqonuniy muhojirlarning 45 nafari O‘zbekiston, 29 nafari Tojikiston, qolganlari esa Ozarbayjon, Jazoir, Angola, Benin, Gambiya, Gvineya, Zambiya, Hindiston, Kamerun, Kongo, Marokash va Serra-Leone fuqarolari bo‘lgan.

Sargrad huquqni muhofaza qiluvchi organlari xabariga ko‘ra, noqonuniy migrantlar Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

«Ulardan 32 nafar noqonuniy muhojir allaqachon Rossiyadan chiqarib yuborilgan», – deydi manba.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring