Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston O‘zbekistonga rus gazi tranzitini oshirishni rejalashtiryapti

Qozog‘iston O‘zbekistonga rus gazi tranzitini oshirishni rejalashtiryapti

2024-yilda Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzitini, shuningdek, o‘zbek va turkman gazining Xitoyga tranzitini oshiradi. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi.

«2023-yil oktyabr oyida Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti boshlangan edi. 2023-yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan bo‘lsa, joriy yilda biz bu ko‘rsatkichni 3,8 milliard kub metrga yetkazishni va kelgusida yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbari.

Satkaliyevning qo‘shimcha qilishicha, Turkmaniston va O‘zbekiston gazining Xitoyga tranziti ham «barqaror o‘sish»ni ko‘rsatmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston joriy yilda Xitoyga o‘zbek va turkman gazi tranzitini 37,1 milliard kub metrga yetkazishni rejalashtirmoqda. Xitoy tomon o‘sish +1,5 milliard kubometrni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring