Qashqadaryoda mash’um qotillik yuz berdi
Joriy yilning 24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi mahallalarning birida qotillik jinoyati yuz yerdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 1998 yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 atrofida yashash xonadonida ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda 2024 yilda tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs (marxum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter