Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin O‘zbekistonga keladi

Putin O‘zbekistonga keladi

Rossiya prezidentining yaqin orada O‘zbekistonga kelishi kutilyapti. Bu borada rasmiy Kremlning o‘zi xabar tarqatmoqda.

Bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqotida, jumladan, «Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi»ga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilingan.

«Rossiya Federatsiyasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning bir qator amaliy masalalari ko‘rib chiqiladi», – deyiladi Kremlning rasmiy xabarida. 

Shuningdek, Vladimir Putin O‘zbekiston yetakchisi bilan Xitoy rahbariyati bilan yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring