Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar uchun Issiqko‘lga poyezd qo‘yilyapti  

O‘zbekistonliklar uchun Issiqko‘lga poyezd qo‘yilyapti  

MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va «Qirg‘iz temir yo‘li» davlat korxonasi rahbari Sakiyev Azamat Abdukadirovich o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda «Temiryo‘lkargo» AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’yektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida «Toshkent-Baliqchi (Ribache)» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temir yo‘l xodimlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.

Ma’lumot uchun, Baliqchi shahri Issiqko‘lning g‘arbiy qismida, taxminan 1900 metr balandlikdagi shahar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring