Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarda yuk tashish tariflari oshirilyapti

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarda yuk tashish tariflari oshirilyapti

2024-yil 1-dekabrdan mahalliy qatnovda «O‘zbekiston temir yo‘llar» AJga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashishda tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshiriladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, bu to‘g‘ridagi qaror kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlarning oshishi hamda ushbu xarajatlarni qisman qoplash va yuk vagon parkini yangilash maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 10-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring