Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga 6 oyda tashrif buyurgan sayyohlar soni haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonga 6 oyda tashrif buyurgan sayyohlar soni haqida ma’lumot berildi

2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Ctatistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p – Qirg‘iziston (1,2 mln nafar), Tojikiston (1,2 mln nafar), Qozog‘iston (845,8 ming nafar), Rossiya (442,1 ming nafar) hamda Turkmaniston (83,7 ming nafar) davlatlari fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan.

Shuningdek, Turkiya (62 ming), Xitoy (35,5 ming), Hindiston (33,3 ming), Janubiy Koreya (23,9 ming) hamda Italiya (19,5 ming) va boshqa davlatlar (211,2 ming)dan xuddi shu maqsadlarda turistlar tashrif buyurishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring