Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi

Bugun, 22-yanvar kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovni bilan uchrashdi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov delegatsiya a’zolarini O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ko‘plab sohalarda olib borilayotgan hamkorlik ishlari aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvlarda delegatsiya rahbari bilan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining mudofaa sohasidagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Uchrashuv so‘ngida mudofaa vazirlari tomonidan Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi.

Rasmiy qabuldan so‘ng Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov boshchiligidagi harbiy delegatsiya vakillari «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring