Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiya bilan do‘st davlatlar reytingida 3 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston Rossiya bilan do‘st davlatlar reytingida 3 pog‘ona pastladi

Rossiyaga «do‘st va do‘st bo‘lmagan  davlatlar» reytingida O‘zbekiston 2023-yil holatiga o‘z o‘rnidan 3 pog‘ona pastlagan.

Bu boradagi reyting Rossiya Aloqalarni rivojlantirish milliy tadqiqot instituti tomonidan tuzib chiqildi.

Institut bu reytingni «dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan metodologiya va texnologiya» yordamida tuzib chiqilishini bildirasa-da, bu sobiq ittifoq davlatlarining Rossiyaga sodiqligini baholovchi ichki mezon hisoblanadi.

Reytingga ko‘ra, Rossiyaning «eng do‘st» davlatlari qatoridan – Janubiy Osetiya, Belarus, Abxaziya, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari joy olgan.

O‘zbekiston esa, 2023-yil holatiga, 3 pog‘ona pastlab, 6-o‘rinda qayd etilgan. Bu boradagi ko‘rsatkich O‘zbekistonda 2021-yilda 7, 2022-yilda esa 3-o‘rin edi.

Shuningdek, mos ravishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va Armaniston davlatlari reytingdagi o‘ntalikni yakunlab beradi. Bunda Qozog‘iston va Armaniston davlatlari ham o‘z o‘rinlarini o‘tgan yilga qaraganda 4 va 5 pog‘ona yo‘qotgan.

Qolaversa, Gruziya «nisbatan do‘st davlat», Latviya, Litva, Estoniya, Moldova va Ukraina «do‘st bo‘lmagan davlatlar» sifatida tasniflangan.

Ma’lumot uchun, mazkur reyting institut tomonidan Rossiyaning yuqoridagi davlatlar bilan 12 turdagi aloqalariga asoslanib tuzilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring