Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaning ikki xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

Milliy gvardiyaning ikki xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri katta leytenat T.A. 1980-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali uning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga M.Ulug‘bek tumanidagi «Ekobozor» savdo majmuasi avtoturargohida 5500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari podpolkovnik A.R. xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari yordamida uni Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring