Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega bo‘lganlar hissasiga to‘g‘ri kelyapti – MB

Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega bo‘lganlar hissasiga to‘g‘ri kelyapti – MB

Markaziy bank (MB) 2024-yil 1-yarim yilligi uchun ipoteka kreditlari sharhini taqdim qildi.

Unga ko‘ra, 1-yarim yillikda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mamlakat uy-joy bozorida talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik yaxshilanmoqda.

Hisobot davrida uy-joyga bo‘lgan talabni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida tijorat banklari tomonidan 26 ming nafar fuqarolarga umumiy qiymati 6,9 trln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilib, joriy yil 1 iyul holatiga kreditlar qoldig‘i 61,8 trln so‘mga yetgan, yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan.

«Tijorat banklarining ipoteka mahsulotlarini kengayishi ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olishga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Tahlillarga ko‘ra, joriy yil yanvar-iyun oylarida ikkilamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari miqdorining ajratilgan umumiy ipoteka kreditlari miqdoridagi ulushi 2023 va 2022 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan mos ravishda 5 foiz va 13 foiz bandga oshgan», – deyiladi MB hisobotida.

Ta’kidlanishicha, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini baholashda skoring tahlillarining takomillashuvi esa norasmiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolarning ipoteka krediti olish imkoniyatini kengaytiryapti.

Joriy yil 6 oyida ajratilgan ipoteka kreditlarining 22 foizi (1 546 mlrd so‘mi) mazkur fuqarolarga yo‘naltirilgan. Ayniqsa, ushbu ipoteka mahsulotini ommalashtirish va takomillashtirishda Xalq banki (652,6 mlrd so‘m ajratgan) va Davr bank (449 mlrd so‘m) faol ishtirok etgan. Shu bilan birga, ipoteka kreditlarining 208 mlrd so‘mi ulushdor jismoniy shaxslarga ajratilgan bo‘lib, uning asosiy qismi Oriyent finans bank (85 foizi) hamda O‘zmilliybank (9 foizi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring