Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dunyo sadolari»ning andijonliklarga qanchaga tushgani aytildi

«Dunyo sadolari»ning andijonliklarga qanchaga tushgani aytildi

Joriy yilning 29-31 iyul kunlari Andijon viloyati Xonobod shahrida bo‘lib o‘tgan «Dunyo sadolari» xalqaro estrada san’ati festivali qancha mablag‘ evaziga tashkillashtirilgani aytildi.

Viloyat hokimligiga ko‘ra, «umumiy hisobda festivalga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard so‘m mablag‘» sarflangan.

 Hokimlik, shuningdek, festival sabab Xonobod shahri iqtisodiy salohiyati yaxshilangani, qator tadbirkorlik sub’yektlari yangi tashkil qilingani hamda aholi daromadi oshganini iddao qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning festival kunlari jurnalistlar davrasida «qo‘llaridan balo ham kelmasligi»ni aytib, ularni kamsituvchi «nutq irod» qilgani aks etgan video tarqalgan va hokimlik matbuot xizmati holatni xaspo‘shlash maqsadida «Daryo» nashriga ushbu gaplar jurnalistlarga qarata aytilmaganini iddao qilgan edi. Biroq o‘sha davrada ishtirok etgan yigirmaga yaqin turli nomdagi OAV vakillari hokimlik iddaosini rad qildi.

Shuningdek, ayrim manbalar, festival mehmonlari, jumladan ruminiyalik Inna 130 ming AQSh dollari, Yulduz Usmonova 12 ming AQSh dollari, Rayhon G‘aniyeva hamda Hamdam Sobirovlar 7 ming AQSh dollari gonarar olganini yozishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring