Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat Alisher Qodirov O‘zbekistonda o‘lim jazosini tiklashni taklif qilyapti

Deputat Alisher Qodirov O‘zbekistonda o‘lim jazosini tiklashni taklif qilyapti

«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov kecha, 10-iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan vahshiy qotillik «ishi»ga o‘z munosabatini bildirib, bu turdagi jinoyatni sodir etganlarning «yashamasligi kerak»ligini ta’kidlaydi.  

«Jinoyatni hammasi ham jinoyat, lekin murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerak», – deydi u.

Shu bilan birga, qotillik jinoyati bo‘yicha sudda ko‘rilgan holatlarning biri haqida to‘xtalib, «marhumni 20 marta pichoqlab o‘ldirgan jinoyatchi sudda pushaymonligini aytib, 17 yilga qamalgani»ni eslaydi va 25 yoshli bu mahkum qamoqdan 42 yoshida jamiyatga kim bo‘lib qaytishini savol ostiga oladi.

«Hayvonlashib ketgan jinoyatchini soliqlarimiz hisobiga sog‘ligini saqlab, qornini to‘ydirib, boshqa inson bo‘lib qolishini kutib o‘tirish-mantiqsiz!

Bundaylardan jamiyatni tozalash kerak!

Bolalar va begunoh aholi qirg‘iniga yuzsizlarcha ko‘z yumib, dunyoga insonparvarlikdan dars berayotganlarning insonqarashiga moslashishga majburmizmi?

Bu mahluqlar nafaqat bugun, balki kelajakdagi pro-mahluqlarga namuna-ustoz bo‘lib xizmat qilishini unutmaslik kerak», – deb yozadi deputat.

Eslatib o‘tamiz, Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonning jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq moddalar bor edi. 1994-yilgi Jinoyat kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998-yilda 8, 2001-yilda esa 4 tagacha kamaytirildi. 2003-yildagi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonlaridan so‘ng faqat ikki turdagi –javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari uchun o‘lim jazosi berilgan.

2005-yil 1-avgustdagi Prezidentning PF-3641-son farmoni bilan esa O‘zbekistonda 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosini bekor qilish belgilangan. Uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring