Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonda 35 darajagacha issiq bo‘ladi — O‘zgidromet

Bugun O‘zbekistonda 35 darajagacha issiq bo‘ladi — O‘zgidromet

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet xabar berishicha, bugun, 13-iyul kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat  Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°.

Poytaxt Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring