Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madrimov so‘nggi jangi uchun qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Madrimov so‘nggi jangi uchun qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

4 avgust kuni Los-Anjelesdagi «BMO Stadium»da Isroil Madrimov va Terens Krouford o‘rtasida ikki kamar uchun jang bo‘lib o‘tdi.

Jang oldidan Matchroom Boxing Promotion matbuot xizmati bokschilarga kafolatlangan gonorarlarni e’lon qildi, unga ko‘ra Terens kamida 1,2 million dollar olishi qayd etilgan. Jangdan keyin bu summaga turli bonuslar ham qo‘shilgan.

Madrimovga esa kafolatlangan 400 ming dollar va’da qilingan. Jangdan keyin o‘zbekistonlik bokschiga bonuslar bilan qariyb bir million dollar mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi. Amerikada to‘lanadigan katta miqdordagi soliq, bokschining menejeri va murabbiylariga to‘lovdan keyin Isroilning o‘ziga 400 ming dollar atrofidagi mablag‘ tegadi.

Taqqoslash uchun: Madrimov 2021 va 2022 yillarda Mishel Soroga qarshi har ikkala jang uchun 100 000 dollardan sal ko‘proq ishlab topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring