Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi konda yuzaga kelgan texnogen vaziyatni bartaraf etish choralari ko‘rilyapti

Boysundagi konda yuzaga kelgan texnogen vaziyatni bartaraf etish choralari ko‘rilyapti

Bir muddat oldin Surxondaryo viloyati Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasi hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-sonli quduqda burg‘ulash ishlari olib borilishi vaqtida yuzaga kelgan oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi hodisasi yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Respublika darajasidagi vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat tezkor shtab tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xabar qilinishicha, Prezidentning shaxsan topshiriqlariga asosan, Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov, FVV vaziri general mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib borishgan bo‘lib, texnogen hodisa oqibatlari va hududga ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida yana qo‘shimcha axborot berilishi qo‘shimcha qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring