Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi chorakda O‘zbekiston 2,7 mlrd dollarlik oltin sotgan

Birinchi chorakda O‘zbekiston 2,7 mlrd dollarlik oltin sotgan

2024-yil yanvar-mart oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 927,9 mln AQSh dollariga yoki 6,2 foizga ko‘paydi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 6 mlrd 384,4 mln AQSh dollariga va import hajmi 9 mlrd 438,6 mln AQSh dollariga yetdi. Hisobot davrida 3 mlrd 54,2 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan. 

Mamlakat eksportida, jumladan, oltinning ulushi 2024-yilning yanvar-mart oylarida 41,7 foizni yoki 2,66 mlrd dollardan ortiq qiymatni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 37,8 foizni tashkil etgan edi.  

2023 yilning birinchi choragiga nisbatan qimmatbaho metallar eksporti hajmi 10,5 foizga oshgan.  

Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda jahonda oltin narxining keskin o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.  Hozirda bir unsiya oltin narxi qariyb 2 410 dollardan ziyodni tashkil etmoqda.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring