Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh yuz minglab muhojirlarga huquqiy maqom bermoqchi

AQSh yuz minglab muhojirlarga huquqiy maqom bermoqchi

Foto: Kommersant

AQSh mamlakat hududida tegishli hujjatsiz yashab yurgan yuz minglab muhojirlarga huquqiy maqom bermoqchi. Bu haqda CBS telekompaniyasi nomi yashirin manbalarga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora Qo‘shma Shtatlar hududida kamida o‘n yildan beri yashab kelayotgan va AQSh fuqarolari bilan nikohga ega noqonuniy migrantlarga qo‘llaniladi. Ular ishlashga ruxsat va deportatsiyadan himoyalanish kafolatini oladi.

Ushbu tashabbus seshanba, 18-iyun e’lon qilinish kutilmoqda. Aniqlik kiritilishicha, reja Oq uy tomonidan hozircha ma’qullanmagan.

So‘nggi statistik ma’lumotlarga qaraganda, AQShda yashayotgan noqonuniy migrantlar soni 11 million nafar atrofida. Yangi tashabbus migratsiya siyosatini qattiqlashtirish uchun kurashayotgan Kongressdagi Respublikachilar partiyasi vakillarining noroziliga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring