Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi e’lon qilindi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi e’lon qilindi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi. Test sinovlari 25–26 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:

  • 25-iyul kuni soat 15:00 da;
  • 26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:

1-smena soat 9:00 da;

2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring