Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholining ayrim toifalariga bepul xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil qilinadi

Aholining ayrim toifalariga bepul xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil qilinadi

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri tibbiyot birlashmasi, Sirdaryo viloyati Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi hamda Toshkent shahri Yashnobod tumani uchun «Toshkent shahar diagnostika markazi» tarkibida yuridik maqomga ega bo‘lmagan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga laboratoriya xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar (markazlashgan laboratoriyalar)ni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Markazlashgan laboratoriyalarda hududdagi barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirilgan aholiga yo‘llanma asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Tibbiyot muassasasiga biriktirilmagan, shifokor (yoki hamshira) yo‘llanmasi mavjud bo‘lmagan aholiga hamda kafolatlangan paket doirasiga kiritilmagan tibbiy xizmatlar bo‘yicha esa laboratoriya xizmatlari pulli asosda ko‘rsatiladi.

Shuningdek, oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada aholidan biomateriallarni qabul qilish (olish va yig‘ish) xonalari tashkil etiladi va yig‘ilgan biomateriallar maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida markazlashgan laboratoriyalarga yetkaziladi.

Markazlashgan laboratoriyalarda aniqlangan tahlillar natijasi biomateriallarni qabul qilingan tibbiyot muassasalariga elektron axborot tizimi orqali jo‘natiladi.

Belgilanishicha, hujjat loyihasiga muvofiq, markazlashgan laboratoriyalarda kafolatlangan paket doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring