Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholidan jadidlarga tegishli materiallar, ashyolar va noyob suratlar xarid qilinadi

Aholidan jadidlarga tegishli materiallar, ashyolar va noyob suratlar xarid qilinadi

«Milliy merosga mening hissam» umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlar Muzey uchun xarid qilinadi.

Bu haqda joriy yilning 5-mayida qabul qilingan «Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarorida gap boradi.

Aholidan yig‘ilgan mazkur ashyolar yuqoridagi qaror bilan Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida tashkil etiladigan Jadidlar merosi davlat muzeyiga joylashtiriladi.

Shuningdek, jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to‘plash, saqlash, o‘rganish, tiklash, nusxalash, e’lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozitsiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish Muzey faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Muzeyni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitob va qo‘lyozmalar, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring