Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Afrosiyob» tezyurar poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

«Afrosiyob» tezyurar poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi

8-oktyabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu haqda «Temiryo‘lekspress» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi. Kompaniya, o‘z navbatida, yo‘lovchilardan chiptalarida belgilangan vaqt bo‘yicha vokzalda hozir bo‘lishlarini so‘ramoqda.

Yangi jadval bo‘yicha ertalab jo‘nash vaqti:

  • 764-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:28 — Qarshi 10:07;
  • 766-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 06:51 — Samarqand 09:21;
  • 768-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:27 — Buxoro 11:38;
  • 770-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:54- Buxoro 12:11;
  • 778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03- Buxoro 10:14;
  • 774-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:28- Shahrisabz 11:12.

Yangi jadval bo‘yicha tushdan keyin jo‘nash vaqti:

  • 772-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01;
  • 763-sonli Qarshi — Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10;
  • 765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12;
  • 767-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38;
  • 769-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi «xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaxarlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida» yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarining ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirish rejalashtirilayotganini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring