2024-yilda eng ko‘p oltinni Polsha xarid qilgan. Filippin va Qozog‘iston esa aksincha
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning deakbr oyida Xitoy Xalq banki oltinga eng yirik xaridor bo‘lgan – 10 tonna. Undan keyin Chexiya Milliy banki va Gana Banki har biri 1 tonnadan sof xarid qildi.
Qozog‘iston (11 tonna), Singapur (3 tonna) va Iordaniya (1 tonna) Milliy banklari esa aksincha, oy davomida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar bo‘lgan.
2024-yil mobaynida esa yalpi xaridlar va sotishlar 2023-yilning shu davriga nisbatan pastroq ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Polsha 2024-yilda eng yirik xaridor bo‘ldi (90 tonna)yu Undan keyingi yirik xaridlar Turkiya (75 tonna) va Hindiston (73 tonna) Milliy banklari tomonidan amalga oshirilgan.
Filippin (30 tonna), Qozog‘iston (10 tonna) va Singapur (10 tonna) Milliy banklari esa o‘tgan yilda eng ko‘p oltin sotgan.
Ma’lumot uchun, Jahon oltin kengashining mazkur hisobotida O‘zbekiston va Gana Milliy banklari oltin xarid qilish bo‘yicha Vengriya (20 tonna)dan keyingi o‘rinni band qilib, taxminan 10 tonna miqdorida qimmatbaho metallga xaridor bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter