Qadimgi Rim oltin tangalaridan iborat xazina topildi
Arxeologlar Lyuksemburg shimolidagi Holstum shahrida yaqinida qadimgi Rim oltin tangalaridan iborat xazinani topishdi. Milodiy 364-yildan 408-yilgacha davrda zarb etilgan 141 dona tanga Rim imperiyasining pul va siyosiy tarixi haqida qimmatbaho ma’lumotlar berishi mumkin.
Arxeologiya tadqiqotlar milliy instituti (INRA) ma’lumotiga ko‘ra, tangalar Rimning to‘qqiz imperatori davrida zarb etilgan. Ular orasida G‘arbiy Rim imperiyasini juda qisqa vaqt idora qilgan imperator Yevgeniy alohida ajralib turadi, chunki uning tangalari juda kam uchraydi.
Yevgeniy kuchli sarkarda Arbogast ko‘magida milodning 392–394-yillarida juda qisqa vaqt hukmronlik qilgan. U nasroniylik oyoqqa turayotgan bir pallada ma’jusiy an’analarni qayta tiklashga uringani uchun Sharqiy Rim imperatori Feodosiy I bilan nizolashib qolgan. Nizo urush bilan intihosiga yetgan: Frigidadagi jangda mag‘lubiyatga uchragan Yevgeniy qatl etilgan, shundan so‘ng imperiyada nasroniylik hukmron dinga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter