Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli shoira Bibisora Turobova vafot etdi

Taniqli shoira Bibisora Turobova vafot etdi

 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 2024-yil 15-sentyabr kuni vafot etdi.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentyabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Hatirchi tumanida tug‘ilgan.

O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha ta’lim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagokogika institutida ta’lim olgan. 1990-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. 

O‘nga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa,«Kelin salom» va «Men izlagan quvonch» she’riy kitoblari katta e’tibor topdi.

Marhuma bugun soat 12:20da Do‘rmon ijod uyi 19-dala hovlidan chiqariladi. Janoza namozi peshin vaqtida Do‘rmon masjidida o‘qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring