Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek shou-bizneschilari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...

O‘zbek shou-bizneschilari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...

Bugun, 25-iyun kuni o‘zbek shou-biznesi vakillari yangi chellenjni boshlab yubordilar — qo‘shiqchilar «Instagram»dagi o‘z akkauntlarida Gulnora Karimovaning rasmlarini joylab, post qoldira boshladilar, deb xabar bermoqda «Repost».

Aktyor, qo‘shiqchi va teleboshlovchi Jahongir Poziljonov «Instagram» sahifasida Gulnora bilan avval tushgan fotosini joyladi va: «Sizni sog‘indik, tezroq eson-omon oilangiz bag‘riga qayting. Sihat-salomatlik tilaymiz» deb yozuv qoldirdi.

Komik aktrisa Halima ham odatdagidek darhol chellenjga qo‘shildi va «Ollohim qo‘llasin. Farzandlaringizga bosh bo‘ling, tanu joningiz sog‘ bo‘lsin. Sizning duogo‘ylaringiz ko‘p. Siz mening kumirimsiz» deb post qoldirdi.

Qo‘shiqchi Ziyoda ham qatordan qolmadi: «Eson-omon oilangiz bag‘riga qayting» deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘zbek xalqiga murojaat etgani xabar qilingan edi.  Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring