Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vazirligi shou-biznes vakillarining  nomaqbul harakatlarini keskin qoraladi

Madaniyat vazirligi shou-biznes vakillarining  nomaqbul harakatlarini keskin qoraladi

Foto: Xabar.uz

Keyingi paytda san’atkorlar va shou-biznes vakillarining ommaviy tomoshalar, teleko‘rsatuvlarni tasvirga olish jarayoni va efir vaqtida turli nomaqbul harakatlarni sodir etayotgani jamoatchilik o‘rtasida haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Madaniyat vazirligi bu kabi holatlarni keskin qoralaydi hamda madaniyat va san’at sohasi vakili degan nomga dog‘ tushiradigan har qanday nomaqbul xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz ekanini ma’lum qiladi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati rasmiy munosabatida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyuldagi PF-168-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, litsenziya talabgorlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan doimiy tushuntirishlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Shu bilan birga, muassasa tomonidan san’atkor milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va litsenziya talab va shartlari, xususan, san’atkor odobiga rioya qilishlari, ma’no-mazmunsiz va tushunarsiz qo‘shiqlarni kuylamasliklari, jamoatchilik orasida o‘zlarini munosib tutishlari, O‘zbekiston san’ati nufuzi va soha imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlardan tiyilishlari kerakligi haqida doimiy ogohlantirib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri joriy yilning 25 fevral kuni Turkiston san’at saroyida estrada vakillari bilan tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring