Litsenziyasi olingan «Dizayn» barchadan uzr so‘ragan (video)
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «Dizayn» teatr jamoasining litsenziyasi 2018-yil 11-avgustdan bekor qilingani haqida xabar bergandik.
Ular jamoat joyidagi behayo va qo‘pol, bachkana hazillari uchun 10-avgust kuni muxlislardan ham uzr so‘ragan ekan (videoni ko‘ring). Xo‘sh, bu voqea qayerda bo‘lgan edi?
«Kun.uz»ning aniqlik kiritishicha, Toshkent viloyatida joylashgan «Imzo Garden» maskaniga taklif etilgan «Dizayn» jamoasi a’zolari dam olish maskanida odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, beo‘xshov hazillarni ijro etgan. «Akfa group» xodimlari uchun tashkil etilgan kooperativ tadbirda yangragan nomunosib hazillarning video va audiolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, jamoa faoliyatiga jiddiy e’tibor bilan baho berilgan.
Shundan so‘ng jamoa a’zolari Dilshod Musabekov va Sa’dulla Fatxullayev videomurojaat orqali hazillarda ichki ishlar xodimlari, ayol va qizlarga nisbatan hurmatsizlik qilinganini tan olib, barcha fuqarolardan kechirim so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter