«Kalmar o‘yini-2» seriali ikki xil baho oldi
«Kalmar o‘yini» serialining ikkinchi mavsumi 93 mamlakatda, ya’ni Netflix tizimi mavjud bo‘lgan barcha hududlarda reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Koreya serialining ikkinchi mavsumi tanqidchilardan yuqori baho oldi, ammo tomoshabinlar tomonidan biroz pastroq baholandi. Serialning ikkinchi mavsumi tomoshabinlar tomonidan biroz zerikarli chiqqani, mavzuning cho‘zilgani va yangi g‘oyalar yo‘qligi uchun tanqid qilinmoqda.
Bundan tashqari, voqealar ikkinchi mavsumda tugamaydi — yaqin kelajakda ijodkorlar ikkinchisi bilan birga suratga olingan serialning oxirgi — uchinchi mavsumi namoyish vaqtini e’lon qilishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter