Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo‘qorg‘i Kenges raisi madaniyat va san’at fidokori deya e’tirof etildi

Jo‘qorg‘i Kenges raisi madaniyat va san’at fidokori deya e’tirof etildi

22-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Prezidentning 2024-yil 20-21-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilab berilgan topshiriqlariga ko‘ra, 2025-yilning aprel-may oylarida Nukus shahridagi «Oq qush» majmuasi va Taxtako‘pir tumanida «Ko‘chmanchi xalqlar» xalqaro festivalini o‘tkazish hamda 2026-yilda «Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansamblining 70 yillik yubileyini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonini topshirdi.

Ma’lumot uchun, 22-23-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.

Tashrif davomida:

Madaniyat vazirligining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan soha vakillarining bir guruhiga «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi;
«Vazir va yoshlar» loyihasi doirasida 200 nafarga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi madaniyat va san’at sohasiga doir amalga oshirilgan ishlarni keng targ‘ib qilish maqsadida OAV uchun tashkil etilgan press-turda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring