Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jeyms Kemeron yangi «Terminator» ustida ishlayapti

Jeyms Kemeron yangi «Terminator» ustida ishlayapti

Foto: RIA Novosti

Gollivud rejissyori Jeyms Kemeron «Terminator» bo‘yicha yangi loyiha ustida ish boshladi. Bu haqda The Hollywood Reporter jurnali bilan suhbatda ma’lum qildi.

Yaqinda «Terminator»ga asoslangan anime chiqqandi, Kemeronning ta’kidlashicha, bu unga anchayin qiziqarli tuyuldi. Rejissyor aytishicha, o‘z ijodi asosida qilingan loyihalarni, garchi o‘zi muallif bo‘lmasa-da, qiziqish bilan kuzatib boradi, masalan, «Terminator: Kelajak uchun kurash» filmi shulardan biri.

Shuning barobarida Kemeron «Terminator» bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ishlayotganini tasdiqladi, biroq bu serial bo‘ladimi yoki film — sirni ochmadi.


Jeyms Kemeron birinchi «Terminator» filmini 1984-yilda suratga olgan, bosh rollarni Arnold Shvarsenegger, Linda Hemilton, Edvard Ferlong va Maykl Bin o‘ynagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring