Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Venetsiya kinofestivali ochilmoqda

Bugun Venetsiya kinofestivali ochilmoqda

Foto: TASS

Bugun, 28-avgust sanasida Italiyaning Lido orolida 81-Venetsiya kinofestivali ochiladi. Bu dunyodagi eng ko‘hna kinofestivaldir.

Festivalni kinorejissyor Tim Byortonning «Bitljus Bitljus» filmi ochib berishi kutilmoqda — bu 1988-yilda suratga olingan filmning davomidir.

Bu yil festivalning asosiy dasturiga 21 ta film kiritildi. Ispan rejissyori Pedro Almodovarning «Qo‘shni xona» filmi (bosh rollarda — Tilda Suinton va Julianna Mur), «Joker»ning ikkinchi qismi (kinorejissyor — Todd Fillips, bosh rollarda — Hoakin Feniks va Ledi Gaga), avstraliyalik rejissyor Jastin Kurzelning «Buyruq» (bosh rolda — Jud Lou), chililik rejissyor Pablo Larrainaning «Mariya» filmi shular jumlasiga kiradi.

Umuman olganda, mukofotlarga da’vogar filmlar talaygina.

Asosiy tanlovning hakamlar hay’atidan Izabel Yupper (rais), Jeyms Grey, Juzeppe Tornatore singari kino olamining taniqli shaxslari o‘rin olgan.

Kinofestival 7-sentyabrga qadar davom etadi va mukofotlar topshiriladi.

Mukofotlar:

  • «Oltin sher» — eng yaxshi filmga;
  • «Kumush sher» — eng yaxshi rejissyorga;
  • «Volpi kubogi» (ikkita) — eng yaxshi erkak va ayol aktyorga;
  • Ozella mukofoti — eng yaxshi ssenariyga;
  • Marchello Mastroyanni mukofoti — eng yaxshi yosh erkak yoki ayol aktyorga;
  • Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti

Festival qoidalariga ko‘ra, «Volpi kubogi» «Oltin sher» bilan mukofotlangan filmda suratga tushgan aktyor yoki aktrisaga berilmaydi. Zamonaviy qoidalarga ko‘ra, mukofotlar bir nechta film o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring