Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bob Dilan qo‘shig‘ining qoralamasi 508 ming dollarga sotildi

Bob Dilan qo‘shig‘ining qoralamasi 508 ming dollarga sotildi

Amerikalik qo‘shiqchi Bob Dilan 1965-yilda yozgan «Mr. Tambourine Man» qo‘shig‘ining qoralamasi kimoshdi savdosida 508 ming AQSh dollariga sotildi. Bu haqda Julien’s Auctions kimoshdi savdolar uyi ma’lum qildi.

Savdo 18-yanvar kuni Tennessi shtatining Nashvil shahrida bo‘lib o‘tdi.

Qoralamalar musiqa yo‘nalishida qalam tebratuvchi jurnalist El Aronovitsning shaxsiy jamg‘armasida saqlab kelingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bu qoralamalarni Dilan qog‘ozlarni tashlab yuborgan chiqindi savatidan olgan.

Auksionda, shuningdek, qo‘shiqchining gitaralaridan biri, maktublari, fotosuratlari hamda uning o‘zi 1968-yilda chizgan rasm sotilgan.

Bob Dilan

Robert (Bob) Dilan (1941-yilning 24-mayida tug‘ilgan) — amerikalik qo‘shiqchi, rassom, yozuvchi va kinoaktyor. So‘nggi 60 yilda pop-musiqa sohasining eng nufuzli insonlaridan biri. «Buyuk Amerika qo‘shiqchilik an’analarida yangi she’riy ifodalarni yaratgani uchun» 2016-yilda adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring